Huawei 1
Jizzaxda 14 nafar ayolni olib ketayotgan Damas haydovchisiga chora ko‘rildi

Jizzax viloyatida 14 nafar ayolni olib ketayotgan Damas haydovchisiga chora ko‘rildi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Jizzax viloyatidagi yo‘llarning birida xizmat vazifasini olib borayotgan YPX xodimi harakatlanib ketayotgan Damas mashinasini to‘xtatib, haydovchidan necha nafar yo‘lovchi olib ketayotganini so‘raganda u 11 nafar deb javob bergan.

Biroq mashinadagi yo‘lovchilar tushirilib, sanab ko‘rilganda ularning soni 14 nafar ekani aniqlangan.

Haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan qonuniy chora ko‘rilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92419 | Инструменты