Raqobat qo‘mitasi Jizzaxdagi 3 ta klasterga qonunchilik talablari buzilishi alomatlari bilan tegishli ta'sir chorasini qo'lladi
Raqobat qo‘mitasining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan birja savdolarini o‘tkazishda raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlarni taqiqlash bo‘yicha qonunchilik hujjatlari buzilishlari yuzasidan olib borilgan o‘rganish ishlari natijasida, “JIZZAX INDUSTRIAL TO‘QIMA” MCHJ paxta to‘qimachilik klasteri tomonidan paxta tolasi va texnik chigit mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotilganligi aniqlandi.
Shundan, 321,7 tonna paxta tolasini birja kotirovka narxlariga nisbatan yuqori narxlarda va 1021 tonna paxta tolasini birja kotirovka narxlariga nisbatan past narxlarda sotish holatlari hamda 2536 tn texnik chigit mahsuloti birja kotirovka narxlari bilan solishtirilganda past narxlarda sotilganligi maʼlum bo‘ldi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, Jizzax viloyati hududiy boshqarmasining Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun va Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari bilan “JIZZAX INDUSTRIAL TO‘QIMA” MCHJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda tegishli taʼsir chorasi qo‘llanildi.
Shuningdek, paxta shroti bo‘yicha birja savdolarida ishtirok etgan “PAXTAKOR SIFAT YOG‘” MCHJ, “JIZZAX KENTEKS” MCHJ va “BAXMAL QUYOSH NURI” MCHJlar tomonidan narxlarni kelishgan holda keskin oshirganlik alomatlari mavjudligi aniqlanib, “Raqobat to‘g‘risidagi” qonunning 19 moddasi (raqobatga qarshi kelishuvlarni va muvofiqlashtirilgan harakatlarni taqiqlash) talablari buzilishi alomatlari mavjudligi yuzasidan hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan ish qo‘zg‘atilib jamiyatlarning mansabdor shaxslariga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103015 | Инструменты