Huawei 1
Isroil hujumidan keyin Eron harbiy budjetini 200 foizga oshiradi

Isroil hujumidan keyin Eron harbiy budjetini oshirishga qaror qildi. Bu haqda Reuters Eron hukumati rasmiy vakili Fotima Muhajeroniy bayonotiga tayanib xabar berdi.

Uning taʼkidlashicha, Isroilning Eron harbiy infratuzilmasiga hujumiga javoban budjetni o‘tgan yilga nisbatan 200 foizga oshirishga qaror qilingan.

Stokgolm tinchlik tadqiqotlari instituti (SIPRI) maʼlumotlariga ko‘ra, Eronning harbiy byudjeti 2024-yilda 16,4 milliard dollarni tashkil etdi, bu 2023-yilga nisbatan 20 foizga ko‘p.

26-oktyabrga o‘tar kechasi Isroil  Eron harbiy obyektlariga zarbalar bergan edi. Isroil mudofaa kuchlari Eron korxonalariga, jumladan, raketa ishlab chiqarish obyektlari va havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlariga zarba berganini e’lon qildi.

Hujumdan so‘ng Eron xalqaro hamjamiyatni Yaqin Sharqda urush boshlanishining oldini olish uchun Isroilga qarshi chora ko‘rishga chaqirdi. Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon Isroil armiyasining havo hujumiga javob qaytarishga va’da berdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103017 | Инструменты