Bugun ijtimoiy tarmoqda “Jizzax shahridagi 11- maktabda 3 nafar oʻquvchini sinfdosh qizning otasi ayovsiz doʻpposladi”, sarlavhasi bilan videolar tarqaldi. Unda haqiqatan qizning otasi yigitlarni do'pposlaganini ko'rish mumkin. Ushbu holatlar sinfxonadagi kuzatuv kamerasiga tushib qolgan.
Holat bo'yicha Jizzax viloyat IIB rasmiy ma'lumot berdi. Qayd etilishicha, shahardagi 11-sonli oʻrta umumtaʼlim maktabida roʻy bergan va jabrlangan oʻquvchining onasi holat yuzasidan ichki ishlar organlariga murojaat qilgan.
Shu asosida oʻtkazilgan sud-tibbiy ekspertizasi oʻquvchiga sogʻligining buzilishiga olib kelgan tan jarohati yetkazilganligini tasdiqlagan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro B.M ga nisbatan Jinoyat kodeksining 109- moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma'lumot uchun: 109-modda. Qasddan badanga yengil shikast yetkazish.
7,5 dan 15 mln so’mgacha jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13017 | Инструменты