Huawei 1
Jizzaxdagi bog‘chada tarbiyachi bolalarni shippak bilan kaltakladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatidagi bog‘chalarning birida tarbiyachi bolalarni shippak bilan kaltaklagani aks etgan videolar tarqaldi. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holatga izoh berdi.

Unga ko‘ra, viloyat va tuman maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma va tuman mas’ullari tomonidan ishchi guruhi tuzilib, holat o‘rganildi. 

Aniqlanishicha, tasvirda aks etgan hodisa tashkilot tarbiyachisi tomonidan sodir etilgan.  

DMTT tarbiyachisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, 2024-yil 19-iyun sanasidan e’tiboran egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Xizmat tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92813 | Инструменты