Koreya xalqaro hamkorlik agentligi bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda “Sanoat kadrlarini tayyorlash” loyihasini amalga oshirish masalasi muhokama qilingan edi.
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zaxidov Koreya xalqaro hamkorlik agentligining Oʻzbekistondagi ofisi direktori Shin Myong Sop boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan mazkur loyiha yuzasidan yakuniy muzokaralar oʻtkazdi. Unga ko'ra, loyihani Oʻzbekistonda 2026-2032-yillarda amalga oshirish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Loyiha doirasida Sanoat kadrlarini tayyorlash markazini tashkil etish hamda Toshkent va Samarqand shaharlaridagi Kasbiy koʻnikmalar mintaqaviy markazlarini modernizatsiya qilish koʻzda tutilgan.
Kelgusida mazkur markazni bitirgan fuqarolarimiz Oʻzbekistonning yirik sanoat korxonalarida, qolaversa, Koreya Respublikasidagi korxonalarda ham ishlash imkoniyatiga ega boʻladi.
Maʼlumot uchun, KOICA tashkiloti tomonidan “Sanoat kadrlarini tayyorlash” loyihasi Oʻzbekiston, Kambodja va Vetnam davlatlaridan birida amalga oshirish rejalashtirilgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21103 | Инструменты