Huawei 1
Kunlik mehnat markazlari tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Kunlik mehnat markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Kunlik mehnat markazlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:

- vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollanishda ro'yxatga olingan fuqarolarga xizmatlar ko'rsatish;
- vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarish uchun ro'yxatga olingan fuqarolarni ishga yollashda ish beruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar ko'rsatish, jumladan, buyurtmalar olish;
- vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajaruvchi fuqarolarni o'zini o'zi band qilgan sifatida ro'yxatdan o'tishi va elektron (qog'oz) shakldagi ma'lumotnoma olishiga shart-sharoit yaratish;
- vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajaruvchi fuqarolarni o'z xohishiga ko'ra amalga oshirayotgan faoliyat turlari (xizmatlar) reklama shaklida ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, internet orqali bepul e'lon qilish;
- vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolarni korxona va tashkilotlardagi bo'sh (vakant) ish o'rinlari bilan muntazam tanishtirib borish va doimiy ishga joylashishlariga ko'maklashish;
- vaqtinchalik bir martalik ishlar bilan shug'ullanuvchi shaxslarni haq to'lanadigan jamoat ishlariga jalb etish, kasbga tayyorlash (qayta tayyorlash va malakasini oshirish)ni tashkil etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish, Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasi mablag'lari hisobidan subsidiyalar ajratish;
- manfaatdor ish beruvchilar va vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi shaxslar ishtirokida bo'sh ish o'rinlari yarmarkalarini o'tkazib borish;
- vaqtinchalik bir martalik ishlar bilan shug'ullanuvchi fuqarolarga mehnat qurollari (payvandlash apparatlari, perforatorlar, o'simliklarga ishlov berish - qurilmalari, duradgorlik, chilangarlik va qurilish uskunalari va hokazolarni), shaxsiy himoya vositalari va maxsus kiyimlarni ijaraga berish;
- vaqtinchalik bir martalik ishlar bilan shug'ullanuvchilarning murojaatlariga asosan ularning mehnat huquqlarini himoya qilish va mehnatini muhofaza qilishni ta'minlash;
- mehnat va mehnatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunchilikka rioya etish masalalari bo'yicha vaqtinchalik bir martalik ish bilan band bo'lganlar hamda ish beruvchilarga maslahat va uslubiy yordam ko'rsatish, ish jarayonida baxtsiz hodisalar va jarohatlanish holatlarining oldini olish borasida tushuntirish-targ'ibot ishlarini olib borish;
- vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolar uchun zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish;
- jamoat tartibini saqlash, vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajaruvchi fuqarolar tomonidan qonunchilikni buzish holatlarining oldini olish.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 6 oy muddatda “Mening ishim” buyurtmalar birjasi onlayn-maydonini ishga tushiradi.

Bunda quyidagilarni:
- o'zini o'zi band qilgan fuqarolarning faoliyat turlari (xizmatlari, ishlari) to'g'risida ma'lumotlarni olish;
- o'zini o'zi band qilgan fuqarolarning faoliyat turlariga (xizmatlariga, ishlariga) ehtiyoji bor buyurtma beruvchi (jismoniy va yuridik shaxs)lar to'g'risida ma'lumotlarni olish;
- o'zini o'zi band qilgan fuqarolarning faoliyat turlari (xizmatlari, ishlari)ni reklama qilish;
- o'zini o'zi band qilgan fuqarolar va ularning xizmatiga ehtiyoji bor korxonalar o'rtasida kunlik va uzoq muddatli oferta shartnomasi tuzish;
- ko'rsatilgan xizmatlar (ishlar) sifatini baholash va ish beruvchilar tomonidan fikr-mulohazalar qoldirish imkoniyatini yaratish;
- smartfonlar, planshetlar va boshqa mobil qurilmalarda ishlashga mo'ljallangan mobil ilova yaratishni nazarda tutadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51007 | Инструменты