Huawei 1
“Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” balet spektakli Qozog‘istonda ham namoyish etildi

“Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” balet spektakli Qozog‘istonda ham namoyish etildi. Bu haqda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva xabar berdi

Unga ko‘ra, 17-mart kuni Abay nomidagi Qozog‘iston milliy opera va balet teatri sahnasida qadimiy raqs — lazgi jonlangan. Bunday tadbirlar go‘zal o‘zbek san’atini namoyon etibgina qolmay, qardosh millatlar o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik rishtalarini yanada mustahkamlashga, o‘zaro munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarishga yordam berishi ta’kidlangan.

Qozog‘istonga qilgan avvalgi safarimiz chog‘ida “Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” baleti shu qardosh yurtda ham namoyish etilsa, deb niyat qilgandik. Ezgu niyatimiz  ijobat bo‘ldi — 17-mart kuni Abay nomidagi Qozog‘iston milliy opera va balet teatri sahnasida qadimiy raqsimiz — lazgi jonlandi.

Bunday madaniy tadbirlar go‘zal san’atimizni namoyon etibgina qolmay, qardosh millatlar o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik rishtalarini yanada mustahkamlashga, o‘zaro munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarishga yordam beradi.

Biz, prezidentimiz tomonidan boshlab berilgan yaxshi qo‘shnichilik an’analariga sodiq qolgan holda, Markaziy Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy, siyosiy va, albatta, madaniy sohalarda hamkorlikni kuchaytirishga o‘z hissamizni qo‘shishni maqsad qilganmiz. Xalqlarimiz o‘rtasida totuvlik, ahillik hukm sursa, ushbu mintaqa qudratli hamjihatlik markaziga aylanishi shubhasiz, deydi Saida Mirziyoyeva.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31901 | Инструменты