Huawei 1
Maktablarda jami qancha o‘qituvchi ishlayotgani ma’lum qilindi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yili boshida mamlakatimizdagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim berayotgan o‘qituvchilar(o‘rindoshlarsiz)ning umumiy soni 564,9 ming nafarni tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich 2019/2020-o‘quv yili boshiga nisbatan solishtirilganda 78,3 ming nafarga oshgan.

Yillar kesimida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim berayotgan o‘qituvchilar (o‘rindoshlarsiz) soni:

2019/2020-o‘quv yili boshiga 486,6 ming nafar;

2020/2021-o‘quv yili boshiga 508,2 ming nafar;

2021/2022-o‘quv yili boshiga 510,0 ming nafar;

2022/2023-o‘quv yili boshiga 521,6 ming nafar;

2023/2024-o‘quv yili boshiga 547,7 ming nafar;

2024/2025-o‘quv yili boshiga 564,9 ming nafar.

Ma’lumot uchun: 2024/2025 o‘quv yili boshiga faoliyat yuritayotgan umumta’lim muassasalari soni 10 943 tani tashkil etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22320 | Инструменты