Huawei 1
Malayziyaning yetakchi media kompaniyasi Imom Buxoriy haqida badiiy film va serial suratga olishni rejalashtirmoqda

O'zbekiston elchixonasida Malayziyaning "Aquila Emas" media kompaniyasi direktori Sharizan Isa bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Sharizan Isa Malayziya va O'zbekiston kinoijodkorlari ishtirokida Imom Buxoriy hayoti va ilmiy-ma'naviy merosiga bag'ishlangan ingliz tilida badiiy film va serial suratga olish rejalarini ma'lum qildi.

"Film ssenariysini ishlab chiqish maqsadida Imom Buxoriy hayoti va ijodiga tegishli ilmiy asoslangan ma'lumotlarni yig'ish va soha ekspertlari bilan kelishishni maqsad qilganmiz", dedi u.

Mazkur loyihani amalga oshirish maqsadida "Aquila Emas" media kompaniya vakillarining joriy yil iyun oyida O'zbekistonga ijodiy safarini tashkil etish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30401 | Инструменты