Huawei 1
Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi benzin narxlarini monitoring qiluvchi telegram botni ishga tushirdi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi tomonidan respublikamiz hududlarida aholiga benzin narxi haqida kunlik ma'lumot olish imkonini beruvchi maxsus “Benzin narxi” boti ishga tushirildi.

Unga ko'ra, iste'molchilar individual ravishda maxsus telegram bot orqali quyidagi ma'lumotlarni olishlari mumkin:

- AYoQShlar kesimida benzin narxlari haqida kunlik ma'lumot;

- Hududlar kesimida AYoQShlar joylashuvi (lokatsiyasi) bo'yicha ma'lumot.

"Mazkur telegram bot orqali aholimiz nafaqat benzin narxlari to'g'risida kunlik ma'lumotga ega bo'lib boradi, balki iste'molchi o'ziga eng yaqin manzilda joylashgan AYoQShlardagi benzin markalari narxlari haqida batafsil tanishib borish imkoniyatiga ega bo'ladilar", - deyiladi xabarda.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Benzin narxini sun'iy oshirayotgan AYoQShlarga chora ko'rilishi haqida xabar bergan edik. Shuningdek, narxni oshirgan va sifatsiz mahsulot sotgan 299 ta AYoQShga benzin yetkazib berish to‘xtatilgan edi. Yaqin kunlarda AI-80 benzin narxi 5500 so‘mgacha tushurilishi kutilyotgani haqida Energetika vazir o'rinbosari ma'lumot bergan edi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122421 | Инструменты