Huawei 1
Musulmonlar idorasi raisi Usmonxon Alimovning salomatligi yomonlashgani haqida tarqalayotgan xabarlarga izoh berildi

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining salomatligi yomonlashgani to‘g‘risida turli xabarlar tarqalmoqda. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati ushbu xabarlar  asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilib, holat bo'yicha izoh berdi.

"Muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining salomatliklarini yaxshilash uchun navbatdagi davolanish muolajalari amalga oshirilmoqda. Malakali tibbiyot mutaxassislari va shifokorlar tomonidan hazratning sog‘liqlari muntazam kuzatib borilmoqda hamda davolanish bosqichlari o‘tkazilmoqda. Alloh taologa shukrki, ayni paytda muftiy hazratlarining sihatlari barqarordir", deyilada idora xabarida.

Shuningdek, idora damlar orasida har xil asossiz va voqelikka to‘g‘ri kelmaydigan yolg‘on xabarlarni tarqatish muborak Islom dinimizda gunoh sanalishi, qonunchilikda esa javobgarlikka sabab bo‘lishini yana bir bor eslatgan.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51009 | Инструменты