Huawei 1
The Times: Buyuk Britaniya Ukrainaga harbiylar yuborishi mumkin

Britaniya hukumati ukrainalik askarlarni o‘qitish uchun harbiylarni Ukrainaga yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda manbalarga tayanib, The Times xabar berdi.

Rejaga ko‘ra, britaniyalik harbiy instruktorlar frontga jo‘nashdan oldin yangi askarlarning intensiv bazaviy tayyorgarligini ta’minlash uchun Ukrainaning g‘arbiga jo‘natiladi. Bu Ukraina qo‘shinlarini o‘qitish uchun Britaniya bazalariga yuborish bilan bog‘liq ayrim logistika muammolarini hal qiladi va mablag‘ni tejaydi, deydi muzokaralardan xabardor ikki manba.

“Biz u yerda tayyorgarlikni tezroq o‘tkazishimiz mumkin va bu front chizig‘idan ancha uzoqda, xavfsiz joylarda bo‘lardi, shuning uchun han xatar ancha kam bo‘lardi”, deydi ulardan biri.

Ta’kidlanishicha, Britaniya askarlari ham ukrainalik harbiylardan jang ko‘nikmalarini o‘rganadi va eng yangi qurollarni sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumi boshlanganidan beri 10 minglab ukrainalik askarlar Britaniyada tayyorgarlikdan o‘tgan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 10-oktyabr kuni Yevropa bo‘ylab safari doirasida Dauning-stritdagi Britaniya bosh vaziri qarorgohiga tashrif buyurib, u yerda Kir Starmer, shuningdek, NATOning yangi bosh kotibi Mark Ryutte bilan muzokaralar olib borgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101201 | Инструменты