Huawei 1
Jahon banki Ukraina uchun yangi fond tashkil etishni ma’qulladi

Jahon banki direktorlar kengashi Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi jamg‘arma tashkil etilishini ma’qulladi. Bu haqda manbalarga tayanib Reuters xabar berdi.

Jamg‘armaga AQSH, Kanada va Yaponiya hissa qo‘shishi kutilmoqda.

10-oktyabr kuni bank tegishli qarorni qabul qilgan. Bunga qarshi chiqqan yagona davlat Rossiya bo‘lgan. Yangi jamg‘arma G7 Ukrainaga yil oxirigacha 50 milliard dollargacha mablag‘ ajratish va’dasini bajarishga yordam berishi kutilmoqda. Davlatlar jamg‘armaga qancha mablag‘ qo‘shishi hozircha noma’lum.

9-oktyabr kuni Yevropa ittifoqi davlatlari elchilari Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan mablag‘lar evaziga 35 milliard yevro miqdorida kredit ajratish mexanizmini kelishib olgan edi.

Bu miqdor G7 mamlakatlari kredit liniyasining bir qismi bo‘ladi, hozirda kredit Yevropa parlamenti tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101123 | Инструменты