O‘zbekistonning qator tog‘li hududlarida 25−28-fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi sababli qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi, deya xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Quyidagi hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda haydovchilar ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqiriladi:
— Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
— Namangan viloyati: Pop tumani.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22419 | Инструменты