2024 yil 2 oktyabr kuni soat 14:45larda “Namangan” YPX maskanida YHXX “Qamchiq” dovoni bo‘yicha YPX otryadi xodimlari tomonidan “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelgan “Epica” rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilgan.
Unda salonda bo‘lgan yo‘lovchi, 2007 yilda tug‘ilgan A. Q. tomonidan jami o‘ttiz bir dona telefon qurilmalari olib ketilayotganligi, ushbu qurilmalarga oid tegishli hujjatlar mavjud emasligi aniqlangan.
Holat yuzasidan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, qurilmalar hamda fuqaro A. Q. Namangan viloyati bojxona boshqarmasi xodimlariga surishtiruv ishlarini davom ettirishlik uchun topshirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122117 | Инструменты