Huawei 1
Namanganda 62-xalqaro gullar festivali bo‘lib o‘tadi

Namanganda 21-maydan 4-iyunga qadar xalqaro gullar festivali bo‘lib o‘tadi. 62-bor oʻtkaziladigan festivalga 2,5 milliondan ortiq mehmonlar tashrifi kutilmoqda

Festival oʻz tarixida ikkinchi bor ikki hafta (joriy yil may oyining soʻnggi haftasi va iyun oyining birinchi oʻn kunligida) davom etadi.

2022-yilda festivalga 30 dan ortiq xorijiy davlatlardan mehmonlar tashrif buyurgan boʻlsa, bu yil 40 dan ortiq mamlakatdan mehmonlar tashrifi kutilmoqda. Qolaversa, bayramda ishtirok etadigan gulchilar geografiyasi ham kengaydi: oʻtgan yili Janubiy Koreya, Hindistondan gulchilar koʻrgazmada ishtirok etgan boʻlsa, bu yil Germaniya, Hindiston, Polsha, Janubiy Koreya, Qirgʻiziston va Italiya gulchilari qatnashadi.

Bundan tashqari, festival boʻlib oʻtadigan Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomli istirohat bogʻida 15 million, shahar koʻchalarida 10 million, jami 25 million gul va koʻchatlar ekish rejalashtirilgan. Shuningdek, shahar koʻchalari turfa xil shaklda bezatiladi.

Qayd etish joizki, hozirgi kunda Namangan viloyatidagi 25 ta mehmonxona, 9 ta xostel, 526 ta oilaviy mehmon uylari, 6 ta yotoqxona, 18 ta sanatoriy va 4 ta dam olish maskani 8,5 mingdan ortiq mehmonni qabul qilish imkoniyatiga ega. Festival arafasida esa yana 5 ta mehmonxona ishga tushiriladi.

Festivalning madaniy dasturi ham boy va qiziqarli boʻlishi kutilmoqda. Xususan, “Zahiriddin Muhammad Bobur” nomli istirohat bogʻi, “Afsonalar vodiysi” tematik parkida oʻrnatiladigan sahnalarda shoir va yozuvchilar, sirk ustalari, oʻzbek estradasi yulduzlari va folklor ansambllari chiqishlari namoyish etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120222 | Инструменты