Huawei 1
Namanganda yigit manyovrlar oqibatida mashina yukxonasidan yiqilib, vafot etdi

Namangan viloyati Kosonsoy tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar berdi IIV axborot xizmati.

Qayd etilishicha, holat 2-oktyabr kuni soat 16:00 atrofida tumanning Bog‘ibaland ko‘chasidagi ichki yo‘llardan birida sodir bo‘lgan.

21 yoshli “VAZ-2107” haydovchisi do‘stini mashina yukxonasiga o‘tqizib olib, turli manyovrlar qilib harakatlangan.

Yukxonadagi yigit ehtiyotsizlik oqibatida yerga yiqilgan va turli tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muojalarga qaramay, 12 oktyabr kuni vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan ish ochilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101415 | Инструменты