Huawei 1
Iqtisodiyot bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi

Iqtisodiyot bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi. Mukofot Daron Ajemog‘li, Saymon Jonson va Jeyms Robinsonga “institutlarning qanday shakllanishi va farovonlikka qay tarzda ta’sir ko‘rsatishi” bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari uchun berildi.

1968-yilda Shvetsiya banki tomonidan ta’sis etilgan iqtisodiyot bo‘yicha mukofot laureatlarining e’lon qilinishi Nobel haftaligini yakunlaydi. Mukofotlar 10-dekabr kuni, Alfred Nobel vafot etgan kuni topshiriladi. Mukofotning pul ekvivalenti — 11 million shved kroni — joriy kurs bo‘yicha 1 million AQSH dollaridan sal ko‘proqni tashkil qiladi. Pul mukofotidan tashqari, Shvetsiya qiroli sovrindorlarga medal va diplomlarni topshiradi.


Ma’lumot uchun Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Robinson “Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag‘allik manbalari” kitobi muallifi hisoblanadi.

  • 2023-yilda iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti amerikalik Klaudiya Goldinga “mehnat bozorida ayollarning roli haqida olib borgan tadqiqotlari uchun” berilgandi.
  • 2022-yilda esa Ben Bernanke, Duglas Diamond va Filipp Dyubvig “moliyaviy inqirozlar va bank ishi bo‘yicha tadqiqotlari uchun” taqdirlangan.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101417 | Инструменты