Huawei 1
Navoiyda fermer xo‘jaligi 145,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi

“O‘zenergoinspeksiya” Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida “D.N.” fermer xo‘jaligi mas’ullari Karmana tumanida joylashgan ekin maydonini  sug‘orish uchun o‘rnatilgan suv nasosi shartnomasiz tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasi manfaatiga 145,3 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma‘lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101415 | Инструменты