Huawei 1
Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan o‘tkazish tartibi belgilandi

“Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan o‘tkazish uslubiyoti” Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. (ro‘yxat raqami 3605, 07.02.2025 y.)

Uslubiyot normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan o‘tkazish jarayonlarini uslubiy jihatdan tartibga solinishini belgilaydi.

Tadbirkorlik faoliyatiga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga hamda atrof-muhitga taʼsir ko‘rsatuvchi qonun hujjatlarining ijrosi ular kuchga kirgandan so‘ng 5 yil davomida, qonunosti hujjatlarining ijrosi esa ular kuchga kirgandan so‘ng 3 yil davomida majburiy ravishda har yili monitoringdan o‘tkaziladi.

Monitoring normativ-huquqiy hujjatda uning monitoringi o‘tkazilishiga bevosita masʼul etib belgilangan davlat organi tomonidan, masʼul organ belgilanmagan hollarda tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshiruvchi vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.

Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish maqsadlariga erishilishini tahlil qilish, uning ijrosi va natijalarini muntazam hamda tizimli ravishda kuzatib borish monitoring qilishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Normativ-huquqiy hujjatlar samaradorligini baholash uchun indikatorlar quyidagi toifalarga bo‘linadi:

— resurs ko‘rsatkichlari ;

— amaliyot ko‘rsatkichlari ;

— natijadorlik ko‘rsatkichlari.

Vazirlik va idoralar har yili 1 fevralgacha o‘tkazilgan monitoring natijalari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni majburiy ravishda o‘zlarining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi hamda tegishliligiga qarab “Ijro.gov.uz” va Adliya vazirligiga taqdim etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21104 | Инструменты