Ijtimoiy tarmoqlarda “Nurafshon shahridagi xonadonlarning biridan eshak hayvoni terisi va goʻsht mahsulotlari olingani” haqida xabarlar tarqalmoqda. Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar Bosh boshqarmasi ma'lumot berdi.
Joriy yilning 9-yanvar (1 oy avval) Toshkent viloyati IIBB Karantin tadbirlarini tashkil etish boʻlinmasi va hamkorlikdagi tashkilotlar tomonidan, aholini xavfsiz oziq-ovqat bilan taʼminlash yoʻnalishida nazorat tadbirlari oʻtkazilgan.
Oqqoʻrgʻon tumanida eshak suyaklarini suvga tashlab ketilayotgan holatdan boshlangan tadbir, Ohangaron tumanida davom ettirilib, 3 nafar shaxs gumonlanuvchi sifatida ushlangani va tergovga qadar surishtiruv olib borilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Surishtiruvlar Nurafshon shahrida ham davom ettirilgan va tadbir davomida eshak hayvoni terilari va goʻsht mahsulotlari daliliy ashyo sifatida olingan.
Tekshiruvlar yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21104 | Инструменты