Huawei 1
O‘zbekcha osh xalqaro festivalda yuqori baholandi

O‘zbekiston delegatsiyasi Fransiyaning Lion shahrida bo‘lib o‘tayotgan nufuzli “Worldchefs Village” xalqaro oshpazlar festivalida ishtirok etmoqda. Ushbu yirik gastronomik tadbir doirasida tashkil etilgan stendda O‘zbekistonning turizm salohiyati, milliy taomlari va gastronomik merosi namoyish qilinmoqda.

Turizm qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Yevropadan keluvchi sayyohlar sonini oshirish maqsadida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari turli gastronomik assotsiatsiyalar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.  Jumladan, Butunjahon oshpazlar jamiyati vakillari bilan muzokaralar olib borilib, kelajakda O‘zbekistonning gastronomik festival va ko‘rgazmalardagi ishtirokini kengaytirish hamda gastronomik turizm sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va O‘zbekistonning milliy brendini targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.  

Shuningdek, festival mehmonlari O‘zbekistonning boy madaniyati va mehmondo‘stligini yuqori baholab, mamlakatimizga sayohat qilish istagini bildirdi va O‘zbekistonni gastronomik sayohatlar uchun istiqbolli manzil sifatida e’tirof etdi.  Festivalda O‘zbekiston oshpazlari tomonidan tayyorlangan osh festival mehmonlariga taqdim etildi. 

Ushbu taomlar nafaqat ta’mi bilan, balki ularning tayyorlanish jarayoni orqali ham katta qiziqish uyg‘otdi. Ayniqsa, osh tayyorlash san’ati mehmonlarda katta taassurot qoldirib, ko‘plab xalqaro gastronomiya ekspertlar tomonidan ijobiy baholandi.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12904 | Инструменты