20-yanvar kuni “O‘zbekekspertiza” kuzatuv kengashining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida Akrom Vasilov tashkilot bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar Vasilov “Markazsanoateksport” davlat-aksionerlik tashqi savdo kompaniyasi hamda “O‘zsanoateksport"da turli mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Yig‘ilish so‘ngida “O‘zbekekspertiza” tomonidan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy funksional vazifalar va yo‘nalishlar belgilab olindi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning mart oyida “O‘zbekekspertiza” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushi va ayrim davlat ishtirokidagi korxonalarga tegishli ulushlarni Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazgan holda, ulardagi davlat ulushini boshqarish funksiyasini ishonchnoma asosida Savdo-sanoat palatasiga berilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12216 | Инструменты