Huawei 1
O‘zbekiston - BAA futbol uchrashuvi sabab “Bunyodkor” stadioni yaqinidagi ko‘chalarda harakat cheklanadi

15 oktyabr kuni O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida futbol bo‘yicha musobaqa o‘tkazilishi munosabati bilan Chilonzor tumanidagi ba’zi ko‘chalarda transport harakati cheklanadi, deya xabar bermoqda poytaxt YHXB.

Ko‘cha va chorrahalar:

Chilonzor ko‘chasining Muqimiy ko‘chasidan, KXAY ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;

Cho‘ponota ko‘chasining Arnasoy ko‘chasidan, Bunyodkor ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismi;

Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasining Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Cheklov 16:00 dan soat 22:00 gacha davom etadi.

«Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz», – deyiladi YHXB xabarida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101518 | Инструменты