Huawei 1
O‘zbekiston bozorida 242 xil nomdagi 51 ta mahsulotning texnik talablarga javob bermasligi aniqlandi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan "Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish: muammo va yechimlar" mavzuida konferensiya o‘tkazildi.Dastlab O‘zbekiston hamda xalqaro tashkilotlar rahbar va mas’ullarining sohaga doir taqdimotlari bo‘lib o‘tdi. Dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalar reklamasi, reklama va to‘g‘ri marketing yondashuvining ahamiyati, moliyaviy xizmatlarda iste’molchilarning huquqlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Ta’kidlanishicha, tovarlar xavfsizligi va ularning sifatini nazorat qilish maqsadida muntazam ravishda chakana savdoda nazorat tadbirlari hamda ularni ekspertizadan o‘tkazish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Shunga ko‘ra, jami 242 nomdagi (50 turdagi) mahsulotlarning nazorat xaridi amalga oshirilgan. Ularni ekspertizadan o‘tkazish natijalariga ko‘ra, 51 nomdagi mahsulotlar normativ-texnik hujjatlar talablariga javob bermasligi aniqlangan.Qo'shimcha qilinishicha, konferensiyada Germaniya tashkiloti bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida tashkil etilgan "Moliyaviy savodxon yosh iste’molchi" onlayn olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111617 | Инструменты