Joriy yilning 15-17 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda "O'zgidromet" xabar qilmoqda.
15-dekabrda va 16-dekabrga o‘tar kechasi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
15-dekabrdan havo harorati pasayib, 16-17-dekabr kunlari kechalari 8-13 daraja sovuqqacha, ba’zi joylarda 15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121301 | Инструменты