O‘zbekiston huquq ustuvorligi indeksida 14 pog‘ona yuqoriladi
Joriy yilning 14 oktyabr kuni Jahon odil sudlov loyihasi (World Justice Project) tashkiloti tomonidan e’lon qilingan Huquq ustuvorligi indeksining 2021 yilgi nashrida O‘zbekiston 14 pog‘ona yuqoriladi. Bu haqda Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilgi nashrda O‘zbekiston uchun berilgan baholar 4,1 foizga ko‘tarilib, bu borada eng yaxshi natija ko‘rsatgan 3 ta davlatdan biriga aylandi. Mazkur Indeks tadqiqotlari 138 mingta uy xo‘jaligi va 4 mingdan ortiq huquqshunos va mutaxassislar o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazgan holda amalga oshirilib, unda 139 ta mamlakatdagi (2020 yilga qaraganda mamlakatlar soni 11 taga ortgan) huquq ustuvorligi darajasi baholangan.
Ma’lumot uchun, joriy yildagi nashrda Kongo Respublikasi, Gaiti, Irlandiya, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Malta, Paragvay, Slovakiya Respublikasi va Sudan kabi yangi mamkatlar qo‘shilgan.
Mamlakatimiz umumiy reytingda 85-o‘ringa joylashtirildi.
Huquq ustuvorligi indeksining indikatorlari bo‘yicha O‘zbekistonga berilgan ballar tahlili
Ma’lumot o‘rnida, ushbu indeks jahon miqyosida faqatgina huquq ustuvorligining ahvolini baholashga ixtisoslashgan yagona xalqaro reyting hisoblanib, o‘z navbatida Jahon bankining Boshqaruv sifati indikatorlari, Transparensi Intreneshnl tashkilotning Korrupsiyani qabul qilish indeksini shakllantirishda eng muhim axborot manbalaridan biri sanaladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20102 | Инструменты