Huawei 1
O‘zbekiston turizm xizmatlari global sayyohlik platformasi orqali ilgari suriladi

“ITB Berlin” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida Berlin shahrida Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Djamshid Abdusalamov dunyodagi eng yirik va nufuzli onlayn sayyohlik kompaniyalaridan biri bo‘lgan “Expedia Inc.” Yevropa va Osiyo bo‘yicha marketing bo‘limi boshlig‘i Laura Sanches bilan uchrashdi.

“Expedia Inc.” o‘zining keng global tarmog‘i orqali parvozlar, mehmonxonalar, avtomobil ijarasi va dam olish paketlari kabi sayohat xizmatlarining to‘liq spektrini taklif etadi. “Expedia.com”, “Hotels.com”, “Travelocity” va “Orbitz” kabi platformalar orqali kompaniya millionlab sayohatchilarga 200 dan ortiq mamlakatlarda sayohat xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi.

Uchrashuv davomida olib borilgan muzokaralarda “Expedia” platformasiga O‘zbekiston bo‘ylab turlar, mehmonxonalar va ekskursiyalarni joylashtirish orqali, O‘zbekistonni sayyohlik yo‘nalishi sifatida targ‘ib qilish kampaniyalarini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mamlakatimizning turoperatorlari va mehmonxona tarmoqlarini global bronlash platformalariga integratsiyalashtirish, yevropalik sayyohlarni jalb qilish uchun ekoturizm va madaniy turizm kabi turizm yo‘nalishlarini aniqlash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31014 | Инструменты