Huawei 1
O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tariladi

O‘zbekiston maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova Rim shahriga tashrifi davomida Italiya taʼlim va eʼtiroflar vaziri Juzeppe Valditara bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida hamkorlikni yana-da rivojlantirish, tajriba almashish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish kabi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi.

O‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, maktablarda sunʼiy intellektni joriy etish hamda o‘quvchilarni kasbga tayyorlash va yangi o‘quv dasturlarini yaratish bo‘yicha hamkorlik istiqbollariga eʼtibor qaratildi.

Vazir Juzeppe Valditara O‘zbekistonda xorijiy tillarni o‘qitishga bo‘lgan alohida eʼtiborni yuksak baholadi.

Tomonlar Italiyadan malakali mutaxassislarni O‘zbekistonga yuborish, italyan tili mutaxassislarini tayyorlash va o‘quvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31903 | Инструменты