Huawei 1
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Hukumatlari o‘rtasida fuqarolarning o‘zaro kelib-ketishlari to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi bayonnoma tasdiqlandi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-74-son, 24.02.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2006 yil 3 oktyabrdagi O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasi Hukumatlari o‘rtasida fuqarolarning o‘zaro kelib-ketishlari to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi bayonnoma tasdiqlandi.

Bayonnoma 2024 yil 18 iyul kuni Toshkent shahrida imzolangan.

Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul bo‘lgan vakolatli organlar etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30619 | Инструменты