Huawei 1
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi chegara bojxona punkti faoliyati qayta tiklandi

O‘zbekiston va Qozog‘istonni bog‘laydigan «Malik» va «Oqoltin» chegara bojxona punktlari faoliyati 12-iyul kunidan boshlab qayta tiklandi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi axbirot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lumot o'rnida viloyat bojxona boshqarmasi «Sirdaryo» chegara bojxona postining «Malik» (Qozog‘iston tomonidan — «Sirdaryo») va «Oqoltin» (Qozog‘iston tomonidan — «Syelinnыy») chegara bojxona punktlari faoliyati pandemiya sababli 2020-yil mart oyidan boshlab vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Mazkur chegara bojxona punktlarining ish faoliyati faqat kunning yorug‘ vaqtida faoliyati olib borib, ushbu punktlar orqali yengil turdagi avtotransport vositalari va fuqarolar bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101205 | Инструменты