Huawei 1
O‘zbekiston va Qozog‘iston viloyatlari o‘rtasida sayyohlik sohasida hamkorlikka doir hujjatlar imzolandi

Toshkentda bo‘lib o‘tgan «Ipak yo‘lida turizm» 29-xalqaro sayyohlik yarmarkasi doirasida O‘zbekiston va Qozog‘iston viloyatlari o‘rtasida sayyohlik sohasida hamkorlikka doir hujjatlar imzolandi.

Jumladan, Toshkent hamda Olmaota viloyatlari, Jizzax hamda Olmaota viloyatlari turizm boshqarmalari o‘rtasida, shuningdek,  O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi va Qozog‘iston restoratorlari klublari uyushmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi ma’qullangan.  

Hujjat imzolash marosimida qatnashgan Qozog‘istonning yurtimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Beybut Atamqulov hamkorlik memorandumlari mintaqaviy robitalarni mustahkamlash, sayyohlar sonini oshirish, turizm xizmatlari sifatini takomillashtirishga xizmat qilishini aytgan.

Tomonlar hamkorlikda sayyohlik yo‘nalishlarini ishlab chiqish va tajriba almashishga kelishib olgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112618 | Инструменты