O‘zbekiston xalq artisti, mashhur maqom ijrochisi Nafisa To‘xtayeva 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar qildi.
Nafisa To‘xtayeva O‘zbekiston Davlat filarmoniyasida, Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansamblida xonanda sifatida ijod qilib, 50 dan ortiq mumtoz musiqa namunalarini "Oltin fond"ga muhrlagan.
Uning ijrosidagi "Saraxbori Oromijon", "Qashqachai Savti Sabo", "Ey Nazokat" kabi kuylar xalqimiz maʼnaviy merosining durdonalariga aylangan. U nafaqat sanʼatkor, balki jonkuyar, oilaparvar va kamtarin inson sifatida hamkasblari va muxlislari yodida qoladi.
UzReport Axborot Agentligi marhumaning vafoti munosabati bilan oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zulfiya mukofoti sovrindori, estrada xonandasi Shirin Abdullayeva 19 yoshida vafot etgani xabar qilingandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22206 | Инструменты