Huawei 1
O‘zbekiston xalq rassomi O‘rol Tansiqboyevning asarlari Olmaotada namoyish etiladi

19 martdan 1 iyungacha Olmaota shahridagi Abilxon Qasteyev nomidagi Davlat sanʼat muzeyida O‘rol Tansiqboyevning so‘nggi 40 yil davomidagi ilk keng ko‘lamli ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva maʼlum qildi.

Ko‘rgazma “O‘rol Tansiqboyev: ijod saylanmasiga nazar” deb nomlanadi.

Qayd etilishicha, ekspozitsiyada O‘zbekiston va Qozog‘iston muzeylaridan 78 ta eng sara asarlar taqdim etiladi.

“Ko‘rgazma nafaqat buyuk rassom xotirasiga yuksak hurmat ifodasi, balki ikki qardosh mamlakatlar badiiy merosini birlashtiruvchi muhim madaniy voqeaga aylanadi”, — deb taʼkidladi Mirziyoyeva.

1904—1974 yillar oralig‘ida yashab ijod qilgan O‘rol Tansiqboyev rassom va rangtasvir ustasi bo‘lgan. Uning “Kurash”, “Karvon”, “O‘tov”, “Urush yo‘llarida”, “O‘zbekistonda bahor” va yana o‘nlab mashhur asarlari mavjud. Tansiqboyev 1944 yilda “O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Bundan tashqari, rassom — Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati. Vafotidan so‘ng u “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31818 | Инструменты