Huawei 1
O‘zbekiston Xitoydan kelayotgan sayyohlar sonini 1 mln nafarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston Xitoydan kelayotgan sayyohlar sonini 1 million nafarga yetkazmoqchi.Bu haqda Samarqand shahrida o'tkazilgan XXR turizm sektori vakillari ishtirokidagi biznes-forumda ma'lum qilingan.

Forum O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini Xitoyda targ‘ib qilish va ikki mamlakat turizm sanoati vakillari o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga bag‘ishlandi.

Biznes-forumda 200 ga yaqin O‘zbekiston va Xitoyning turizm sektori vakillari, jumladan, 16-iyun kuni Sian shahridan Samarqandga LoongAir aviakompaniyasining birinchi muntazam parvozi orqali uchib kelgan soha vakillari ishtirok etdi.

“Joriy yilning sentyabr oyidan “Xitoyda O‘zbekiston turizm yili”ga start beramiz. Bir yil davomida xitoylik sayyohlarni O‘zbekiston turizmi, boy madaniyati, merosi, qadriyatlari bilan yaqindan tanishtiramiz. Umuman olganda Xitoydan kelayotgan sayyohlarni bosqichma-bosqich 1 millionga chiqarishni pirovard maqsad qilib olganmiz,” — dedi turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev.

Forum davomida O‘zbekiston va Xitoy vakillari o‘rtasida B2B formatidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilar turizm sohasining bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildilar, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlikning yangi imkoniyatlarini o‘rgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92813 | Инструменты