Huawei 1
O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o‘rtacha 2,1 ming kishiga oshmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikaning doimiy aholisi 36 024 946 kishini tashkil etgan.

Mamlakat aholisi 2022-yilda 753,6 ming kishiga ko‘paygan.

O‘zbekiston aholisi 2022-yilning har bir oyida o‘rtacha 62,8 ming kishiga oshgan.

2022-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 2,1 ming kishiga ko‘paymoqda.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholi soni bo‘yicha MDHda uchinchi o'rinda.

O‘zbekiston tug‘ilish bo‘yicha esa MDHda birinchi o'rinda. Shuningdek, aholi soni bo‘yicha dunyo mamlakatlari o‘rtasida 41 o‘rinda qayd etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13114 | Инструменты