Huawei 1
O‘zbekistonda kelasi haftada kuzatiladigan ob-havo ma'lumoti e'lon qilindi

“O‘zgidromet” 8—10-iyul kunlari respublika hududida kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 8-iyulda 33-38 daraja, 9—10-iyulda 35-40 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 8-iyulda ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 8-iyulda kechasi 21-26 daraja, kunduzi 33-38 daraja, 9—10-iyulda kechasi 22-27 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 8-iyulda ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 9—10-iyulda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 8-iyulda ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-iyulda kechasi 19-24 daraja, kunduzi 32-37 daraja, 9—10-iyulda kechasi 21-26 daraja, kunduzi 34-39 daraja bo‘ladi.

Samarqand viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 8-iyulda ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 8-iyulda kechasi 19-24 daraja, kunduzi 32-37 daraja, 9—10-iyulda kechasi 21-26 daraja, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-iyulda 20-25 daraja, 9—10-iyulda 22-27 daraja, kunduzi 37-42 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 8-iyulda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 9—10-iyulda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 8-iyulda ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-16 daraja, kunduzi 8-iyulda 20-25 daraja, 9—10-iyulda 23-28 daraja bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100511 | Инструменты