Huawei 1
O‘zbekistonda yangi o‘simlik turi kashf etildi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti olimlari tomonidan dukkakdoshlar (Fabaceae Lindl.) oilasi tangao‘t (Hedysarum L.) turkumiga mansub yangi o‘simlik turi kashf etildi. Bu haqda Fanlar Akademiyasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, ushbu o‘simlik dastlab 2019 yilda Botanika instituti olimlarining Janubi-Gʻarbiy Pomir-Oloyning O‘zbekiston qismidagi Bobotog‘ tizmasida amalga oshirgan dala tadqiqotlarida topilgan.

2020-2021 yillarda ushbu yangi turning populyatsiyasi va ekologiyasi o‘rganildi. Uzoq vaqt davomida mazkur topilma ustida o‘tkazilgan ekologik, morfologik va molekulyar tadqiqotlarning natijasi ushbu o‘simlik turining o‘ziga xos belgilari turkumning shu vaqtgacha ma’lum turlariga mos kelmasligini ko‘rsatdi.  

Shu sababli ushbu o‘simlik turi fan uchun yangi tur sifatida qayd etildi va unga “Hedysarum sunhangii Juramurodov & Tojibaev, 2021”, deb nom berildi. Ushbu turning kashfiyoti haqidagi maqola xalqaro Phytotaxa  jurnalida chop qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21912 | Инструменты