Toshkent shahridagi qurilish maydonida zinadan yiqilgan erkak halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Uzreport.news manbasiga xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2025-yil 17-fevral kuni 1974-yilda tugilgan erkak Yakkasaroy tumani, Askiya ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uy qurilish ishlari olib borilayotgan binoga kirayotgan vaqtida, zinapoyadan toyib ketib baxtsiz hodisa tufayli binoning yerto‘la qismiga, balandlikdan tushib ketib, shu joyning o‘zida vafot etgan.
Holat yuzasidan tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Qamchiq dovonida ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22105 | Инструменты