Raqobat qo‘mitasi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan monitoringlar davomida avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida 2024 yilning 6 dekabriga qadar 1 m³ siqilgan gaz uchun chakana narx 3 850 so‘mdan 3 950 so‘mgachani tashkil etgan bo‘lsa-da, 2024 yilning 7-9 dekabr kunlari 1 m³ gaz uchun chakana narx 4 150 so‘mgacha yaʼni 8 foizgacha oshgani qayd etildi.
Hududiy boshqarma tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 256-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida raqobatlashayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan bir vaqtda yoki ketma-ketlikda siqilgan gaz narxini chakana savdoda sunʼiy tarzda oshirish orqali raqobatga qarshi kelishuvlar yoki muvofiqlashtirilgan harakatlarga ishtirok etganlik alomatlari bo‘yicha 85 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida tegishli tartibda o‘rganish ishlari o‘tkazildi.
Olib borilgan o‘rganishlar davomida Buxoro viloyatidagi 47 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalarida faoliyat yuritayotgan 44 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan narxni sunʼiy tarzda oshirish uchun individual iqtisodiy sabablar, umumiy tashqi omillar mavjud bo‘lmagan holatda, xarajatlarga zarurat bo‘lmasa-da, narxlarni bir vaqtda yoki ketma-ketlikda oshirib (narxlarni oshirish davri: 2024 yil 5 dekabrdan - 13 dekabrga qadar) isteʼmolchilarga sotish orqasidan asossiz daromad olish holatlari aniqlandi.
Yuqoridagi aniqlangan holatlarga muvofiq, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan 44 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasi va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarining talablari buzilish alomatlari bilan ishlar qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda moliyaviy jarimalar qo‘llash haqida qarorlar qabul qilindi.
Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Buxoroda Ai-80 markali avtobenzin AYOQSH orqali sotilmasdan, ulgurchi sotib yuborilganligi haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22105 | Инструменты