Huawei 1
O‘zbekistonga iyun oyida xorijdan 500 mingga yaqin turist tashrif buyurdi

O'zbekistonga 2022-yilning iyun oyida chet eldan 493 ming 888 nafar turist tashrif buyurgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 307 146 nafarga yoki deyarli 3 barobarga ko'pdir.

Iyun oyida qo'shni davlatlaridan jami 414 763 nafar turistlar tashrifi kuzatilgan. Xususan, Qozog'istondan 178 118 nafar, Qirg'izistondan 123 290 nafar, Tojikistondan esa 113 216 nafar turist kelgan.

Shuningdek, MDH davlatlaridan jami 56 547 nafar turist yurtimizda bo‘lgan. Xususan, Rossiyadan 53 421 nafar, Ozarbayjondan 1227 nafar turist O‘zbekistonga qiziqish bildirgan.

Uzoq xorij davlatlaridan iyun oyida 22 578 nafar turist mehmon bo'lgan. Jumladan, ularning 1504 nafari AQSH, 1495 nafari Germaniya, 1477 nafari Hindiston, 1685 nafari Janubiy Koreya, 7308 nafari esa Turkiyadan kelgan turistlardir.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101617 | Инструменты