Huawei 1
O‘zbekistonliklar Polshaga ishga taklif qilinmoqda

So‘nggi yillarda Polsha mehnat bozori ko‘plab sohalarda malakali ishchi kuchi yetishmasligi muammosiga duch kelmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati rahbari Ortiqxo‘ja Norov xabar qildi.

Polyaklar bu muammoni Markaziy Osiyo, xususan, o‘zbekistonlik ishchilar bilan hal qilmoqchi. Dziennik Wschodni jurnalida qayd etilishicha, Polsha ish beruvchilari o‘zbeklarni mehnatsevar, o‘z kasbini yaxshi ko‘radigan va intizomli, boshqa mutaxassisliklarni egallashga intiluvchan, deb biladi.

Dastlab, qurilish, ishlab chiqarish, logistika, mebel ishlab chiqarish sohasida fuqarolarni ishga jalb qilish rejalashtirilgan.

Jurnalda qayd etilishicha, Markaziy Osiyo, ayniqsa, O‘zbekiston xorijda yaxshi mehnat sharoitlarini qidirayotgan malakali ishchilarning ko‘pligi bilan ajralib turadi. Ilgari ishlash uchun Rossiyaga borgan o‘zbekistonliklar endilikda inson huquqlari tamoyillari va ishchilar huquqlari rioya etiladigan Yevropada ishlash istagini bildirmoqda. Polsha kompaniyalari buni inobatga olgan holda nafaqat mehnat bozoriga jalb etish mumkin bo‘lgan ishchilar borligi, balki ularning malakasini ham qadrlab, ushbu salohiyatdan ko‘proq foydalanmoqchi.

Shu maqsadda Worksol kabi Polsha bandlik agentliklari Polsha mehnat bozorida o‘sib borayotgan talabni qondirish uchun O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlaridan ishchilarni yo‘llash uchun keng imkoniyatlarni izlay boshladi. Worksol kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ham ochdi.

Foto:  Dziennik Wschodni 


O‘zbekiston fuqarolarining aksariyati ona tilidan tashqari rus tilida ham gaplashadi, bu esa polshalik ish beruvchilar bilan muloqotni osonlashtiradi. Chunki Polshaning ko‘plab korxonalariga ukrainlar, belaruslar, moldovanlar ham ishga jalb etilgani uchun rus tilida so‘zlashuvchi koordinatorlar bor.

Ma’lumot uchun, hozirgi vaqtda Polshada 20 mingdan ko‘proq o‘zbekistonlik bor.

Mavzuga oid:

O‘zbekiston fuqarolarini Avstraliyada ishga joylashtirish boshlanadi

700 nafar o‘zbekistonlik Germaniyaga ishga yuboriladi

3 mingga yaqin o‘zbekistonlik Buyuk Britaniyaga ishga jo‘natiladi

Maqola muallifi: Malika Norboyeva

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12709 | Инструменты