Huawei 1
Odam savdosi jinoyatini tergov qilish ustidan prokurorlik nazorati kuchaytiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish ustidan prokurorlik nazorati samaradorligini oshirish masalalari” mavzusida seminar o‘tkazildi.

YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan hamkorlikda Buyuk Britaniya ekspertlari ishtirokida tashkil etilgan tadbirda prokuratura organlari xodimlari ishtirok etdi.  

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Yevgeniy Kolenko, YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Antti Karttunen odam savdosi global tus olgan jinoyatlardan biri ekani, unga qarshi kurashishda barcha vositalardan foydalanish zarurligini ta’kidladi. Bunday jinoyatlarni tergov qilishda e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan jihatlarga to‘xtaldi.  

Bu borada prokuratura organlari xodimlarining odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish va sud jarayonining amaliy faoliyatga oid salohiyatini oshirib borish zarur.  

Ikki kunlik tadbir davomida prokuratura organlari xodimlari odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish va sud amaliyoti sohasida xorijiy ekspertlar tajribalarini o‘rgandi. O‘zlarini qiziqtirgan savollarga malakali mutaxassislardan javob oldi.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112618 | Инструменты