Huawei 1
Olmazor tumanida gastronomik va turistik majmua tashkil etish rejalashtirilmoqda

Olmazor tumanida gastronomik va turistik ko‘chalar majmuasini tashkil etish rejalashtirilgan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Oltita hududdan iborat zanjirsimon reja tuman ma’muriyati tomonidan ishlab chiqilgan. Tuman hokimi Azizxon Umarxonov mahallalarda aholi bandligini ta’minlash orqali aholi daromadlarini ko‘paytirishga bag‘ishlangan seminarda ushbu rejani taqdim etdi.

Taqdimot slaydlariga ko‘ra, majmua eski shaharning Chorsu bozoridan shimol va shimoli-g‘arb tomonida joylashtiriladi. Loyiha 17 ta ko‘cha, 32 ta tor ko‘cha va boshi berk ko‘chani o‘z ichiga oladi hamda uning umumiy uzunligi 7,3 kilometrni tashkil etadi.

Loyiha bilan qamrab olinadigan hududlar 6 ta lotga bo‘linadi:

  • Zarqaynar va Qorasaroy ko‘chalari oralig‘ida (shu jumladan, loyihaning tajriba bosqichi zonasi);
  • Qorasaroy ko‘chasi bo‘ylab sharqiy tomondan (Islom sivilizatsiyasi markazi qarshisida);
  • Mahalliy ko‘chasi bo‘ylab Zarqaynar 9 va 14-berk ko‘chalari, Olcha 3-berk ko‘chasi, shuningdek Abu Bakr Shoshiy ko‘chasi bo‘ylab (MIMdan g‘arbda);
  • Uylanish va Tarix ko‘chalari bo‘ylab, Kalkauz kanali bo‘ylab;
  • Ko‘kzor va 18-Sag‘bon berk ko‘chalari bo‘ylab, Kalkauz kanali bo‘ylab (Sag‘bon ko‘chasidan g‘arbda);
  • Nurafshon, Forobiy ko‘chalari, Forobiy va Ohakchi tor ko‘chalari oralig‘ida.

Loyihaga 430 ga yaqin xonadonni ulash rejalashtirilmoqda. Hududlar va ularning infratuzilmasini rivojlantirish uchun kiritilayotgan investitsiyalar hajmi taxminan $50 mlnni tashkil etadi.

Tumanda kunlik sayyohlar oqimi qariyb 3 barobarga oshib, 11 ming nafarga yetishi kutilmoqda. Bundan tashqari, tashrif buyuruvchilar bu yerda o‘rtacha 4 soatgacha vaqt o‘tkazadilar (hozir — 20 daqiqa).

Hisob-kitoblarga ko‘ra, yangi majmuada bir kishining xarajatlari $90ni tashkil etadi yoki hozirgi xarajatlardan 4,5 baravar ko‘p bo‘ladi. Bu esa kunlik umumiy tushumni $1 mlngacha oshirishni anglatadi. Soliq tushumlari 15 barobarga ko‘payib, $30 mlrd so‘mga yetadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22323 | Инструменты