Muborak gazni qayta ishlash zavodining Oltingugurt mahsulotini ishlab chiqarish qurilmasi ta’mirlandi
«O‘zbekneftgaz» AJ Muborak gazni qayta ishlash zavodining 5-sexidagi Oltingugurt mahsuloti ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 1-sonli qurilmasi to‘xtalib, ogohlantirilgan rejali to‘la ta’mirdan chiqarildi.
Ushbu qurilma nordon gazdan oltingugurt mahsuloti ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bo‘lib, yiliga 75,5 ming tonna oltingugurt ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Qurilmani sifatli ta’mirlash natijasida to‘xtovsiz barqaror, ishonchli ishlashini va belgilangan reja ko‘rsatgichlarini o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Qurilma ta’mirlash uchun to‘xtatilgan davrda zavoddagi gazni qayta ishlash qurilmalarining ish rejimlari optimallashtirildi. Natijada qayta ishlash jarayoniga uzatilayotgan yuqori oltingugurtli gaz hajmi kunlik 12,0 million kub metrga qisqarishining oldi olindi.
Qurilmani ogohlantirilgan rejali to‘la ta’mirlash ishlari «O‘zbekneftgaz» AJ Uglevodorodlar qazib chiqarish departamenti va zavod mutaxassislaridan iborat guruh tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirildi va ishga qo‘shildi.
Ma’lumot uchun: Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Qashqadaryo viloyati, Muborak tumani hududida joylashgan bo‘lib, 1973 yilda ishga tushirilgan. 5-syexning Oltingugurt mahsuloti ishlab chiqarish 1-sonli qurilmasi esa 1973 yil ishga tushirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13019 | Инструменты