Roskosmosning sinovchi kosmonavti Oleg Artemyev Instagram’dagi sahifasida Orol dengizining koinotdan olingan videotasvirlarini joylashtirdi.
“Biz allaqachon Qozog‘iston hududi ustidan uchib o‘tmoqdamiz. O‘ng tomonimizda Orol dengizi joylashgan. Undan qolgan narsa shu yer xolos. Mana, o‘ng tomonda Baykonur bor”, — dedi Oleg Artemyev.
Uning qo'shimcha qilishicha, Orolning sekin-asta nobud bo'lishini ko'rish achinarli. Eng achinarlisi shundaki, Orol jimgina o‘ladi, faqat o‘zining tuzini qoldirib, tirik mavjudotlarni ham jimgina o‘ldiradi, chunki undan qolgan tuz shamol bilan tarqalib, atrofdagi yerlarni dehqonchilik uchun yaroqsiz holga keltiradi. Orol fojiasi o‘n yildan ko‘proq vaqtdan beri ko‘tarilmoqda, ammo oxiri hali ko‘rinmaydi.
Avvalroq ham ESA astronavti Samanta Kristoforetti Minerva missiyasi uchun Xalqaro kosmik stansiyadan Orol dengizining holati aks etgan suratni Flickr platformasida e'lon qilgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20102 | Инструменты