Huawei 1
OTB O‘zbekistonning suv sektorini raqamlashtirish uchun 125 million dollar ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekiston Hukumatining suv resurslarini boshqarish sektorini modernizatsiya qilish, suv xavfsizligini yaxshilash va mamlakatda xavfsiz va ishonchli suv taʼminotidan foydalanish imkoniyatini oshirish borasidagi saʼy-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 125 million AQSH dollari miqdorida qarz ajratilishini maʼqulladi. 

Iqlim o‘zgarishini hisobga olgan holda suv resurslarini aqlli boshqarishni yaxshilash loyihasi aktivlarni boshqarishni va xizmatlarni ko‘rsatish barqarorligini yaxshilash, shuningdek, milliy suv taʼminoti korxonasi xodimlarining institutsional salohiyatini oshirish imkonini beradi. Bu, shuningdek, qarorlarning yana-da samarali qabul qilinishiga va suv resurslarini boshqarish va energiyadan foydalanish samaradorligini yaxshilashga olib keladi va shu tarzda iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini yumshatishga yordam beradi.

"O‘zbekistondagi suv resurslari iqlim o‘zgarishi va samarasiz foydalanish tufayli jiddiy tahdid ostida", - dedi OTBning O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi Direktori Kanokpan Lao-Araya. "OTB loyihasi O‘zbekistonda uglerod izini kamaytirish uchun suvdan foydalanishni yaxshilash, energiya sarfini kamaytirish va operatsion samaradorlikni oshirish uchun suvni boshqarishning aqlli tizimlarini joriy etadi".

OTB loyihasi “O‘zsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyati (milliy suv taʼminoti korxonasi) va uning hududiy filiallariga mamlakat bo‘ylab asosiy suv isteʼmoli obyektlarida suv sarfini hisobga olish va telemetriya tizimini o‘rnatishni yakunlashda yordam beradi. Loyiha doirasida butun suv taʼminoti va oqava suv infratuzilmasi, shu jumladan taxminan 4 million mijoz ulanishlari uchun aktivlar inventarizatsiya qilinadi va joylarda geografik xaritalash ishlari amalga oshiriladi.

Kommunal xizmatlarni IT asosida iqlimga moslashgan boshqarish tizimlarining integratsiyalangan paketi ishga tushiriladi va bu o‘z ichiga milliy suv taʼminoti korxonasi xodimlariga tegishli o‘quv kurslarini oladi. Loyiha, shuningdek, mijozlar markazlari faoliyatini yangi moliya boshqaruvi dasturiy taʼminotini taqdim etish orqali yaxshilash imkonini beradi, bu esa xalqaro standartlarga asoslangan shaffof moliyaviy hisobotlarni yaratish imkonini beradi.

Loyiha ekspluatatsion xarajatlarni qisqartirish, ishchi kuchi samaradorligini oshirish, shuningdek, mijozlar bilan o‘zaro aloqalar va qoniqishni yaxshilash uchun o‘zgartiruvchi raqamli yechimlar va texnologiyalarni joriy etishga yordam beradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31522 | Инструменты