Huawei 1
O'tgan 10 oyda O‘zbekistonga davolanish maqsadida eng ko‘p qayerliklar kelgani ma’lum qilindi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning 10 oyida 60316 nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bunda eng ko'p tojikistonliklar kelgani ma'lum bo'ldi. Qayd etilishicha, 10 oyda  davolanish maqsadida 30 547 nafar kishi ushbu davlatdan yurtimizga kelgan. 

Bu maqsadda eng ko'p kelganlar ro'yxatining ikkinchi o'rnida Qozog‘iston (22692 kishi), uchinchi o'rinda Qirg‘iziston (5952 kishi), to'rtinchi o'rinda Rossiya (1001 kishi), beshinchi o'rinda Turkiya (34 kishi) turibdi. 

Eslatib o'tamiz, yanvar-sentyabr oylarida O'zbekistonga 3,6 mln nafar turistlar kelgan.

Avvalroq, o'zbekistonliklar chet elga eng ko'p nima maqsadda chiqqani ma'lum qilingandi

Shuningdek, O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqqani ham aytilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101605 | Инструменты