Huawei 1
Oylik 1800 yevro: O'zbekistonliklar Germaniyada muhandis-mexanik sohasida ishga taklif etilmoqda

Migratsiya agentligi va Germaniyaning AMAZONE ish beruvchi tashkiloti bir qancha sohalarda ish o‘rinlarini taklif etmoqda.

Yo‘nalishlar:

- payvandchi  

- muhandis-mexanik  

- chilangar.

Oylik: 1800 yevro (uy ijarasi va ovqatlanish o'z hisobidan)

Bo'sh ish o'rinlari: 70 ta

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:  

- yosh chegarasi: 40 yoshgacha  

- nemis tilidan kamida A2 darajadagi Gyote, Telc yoki ÖSD xalqaro sertifikat  

- metal texnologiyasi, qishloq xo‘jaligi va texnika yo‘nalishida kasb ta'lim diplomi yoki  avtomobilsozlik, mashinasozlik, agrar mashinasozlik bo‘yicha bakalavr diplomi

- soha bo'yicha kamida 1 yillik tajriba

- ish jadvali: haftasiga 5 kun, 40 soat  

Imtiyozlar:

- aviabilet

- aeraportdan ish joyigacha transfer

- arzonlashtirilgan yashash joyi topishda yordam  

- qishloq xo‘jalik texnikasi, gidravlika, elektron komponentlarni yig‘ishda nazariy-amaliy ko'nikma borlarga afzallik beriladi

Qo‘shimcha talablar:  

- sudlanmaganlik  

- jismonan sog‘lomlik  

Sinov muddati: 6 oy

Ro'yxatdan o'tish

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31320 | Инструменты